Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Makedoniya UQK askarlarini maxfiy tayyorgarlikdan o‘tkazishni yakunladi
Shimoliy Makedoniya Ruminiyadan keyin o‘z hududida Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini tayyorlash uchun bazalar taklif qilgan ikkinchi Bolqon davlati bo‘ldi.
Shimoliy Makedoniya o‘z hududida ukrainalik harbiy xizmatchilarning birinchi guruhini maxfiy tayyorgarlikdan o‘tkazishni yakunladi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Slavyanka Petrovskaya 21 noyabr kuni «Makedoniya televideniyesi» milliy telekanaliga bergan intervyusida. Uning tushuntirishicha, respublika hukumati xavfsizlik nuqtayi nazaridan ukrainaliklarning tayyorgarligi haqida xabar bermagan. Mashg‘ulotlar «Shimoliy Makedoniya Respublikasi armiyasi obektlarida» bo‘lib o‘tdi, bu haqda hukumat qaror qabul qildi, deb yozadi Balkan Insight.
Shimoliy Makedoniya 2024 yil davomida ukrainalik askarlarni tayyorlashda davom etadi va «zarur bo‘lgunga qadar kuzatiladi», deya ta’kidladi mudofaa vaziri. U Ukraina harbiylari qanday tayyorgarlikdan o‘tgani va Ukraina Qurolli kuchlarining qancha askar va ofitserlari o‘qitilganini aytmadi.
Shimoliy Makedoniyadan Ukrainaga yordam
2020 yilda NATOga qo‘shilgan Shimoliy Makedoniya Ruminiyadan keyin o‘z hududida ukrainalik askarlarni tayyorlash uchun bazalar taklif qilgan ikkinchi Bolqon davlati bo‘ldi, deya qayd etadi Balkan Insight.
Urush boshlanganidan beri Shimoliy Makedoniya Kiyevga o‘nta harbiy yordam partiyasini jo‘natdi, jumladan, 30 ga yaqin tank, 12 ta hujumkor vertolyot va to‘rtta qiruvchi samolyot yuborildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025