O‘zbekiston | 21:17 / 25.11.2023
17404
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 5 ballik geomagnit bo‘ronining ta’siri sezilmoqda

O‘zbekiston hududida 25 noyabr kuni soat 14 dan boshlab 5 ballik geomagnit bo‘roni qo‘zg‘alishining ta’siri sezilmoqda. Bu haqda Olmaota ionosfera instituti ma’lumotlariga tayanib, o‘zbekistonlik gidrometeorolog Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Abdulahatovning o‘z kanalida yozishicha, 10 ballik shkaladan 5 ballik geomagnit bo‘roni – o‘rtacha sezilarli xavfga ega qo‘zg‘alish bo‘lib, bu 30 yoshdan yuqori aholi qatlamiga fiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadi.

Bu ta’sirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • bosh og‘rishi, peshona va orqa miya qismda tirishish;
  • arterial qon bosimidagi o‘zgarishlar;
  • apatiya.

Shifokorlar bunday paytda jismoniy zo‘riqishlardan qochish, ko‘proq dam olish, ortiqcha ovqatlanmaslik, spirtli ichimliklar ichishdan tiyilishni tavsiya etishadi, deya yozdi mutaxassis.

Manba: Olmaota ionasfera instituti / Uzb_meteo Telegram-kanali

Erkin Abdulahatov 5-6 ballik magnit bo‘roni qo‘zg‘alishlari faolligidan so‘ng mintaqada yer yuziga yaqin hududlarda kichikroq magnitudada zilzilalar kuzatilayotganini qayd etgan. Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni O‘zbekiston hududida 6 marta yer silkinishi kuzatilgandi.

“Shuning uchun ertaga tong va kunduz muddatlarida mintaqada biroz seysmik faollikni prognoz qilish mumkin”, – dedi u 25 noyabr oqshomida yozgan postida.

Mavzuga oid