Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashev kamar uchun ilk jangida texnik nokautga uchradi
U faoliyatidagi ilk jiddiy jangda beshinchi raunddan keyin ringga qaytishni istamadi.
AQShning Las-Vegas shahridagi Michelob Ultra Arena’da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Unda professional boksning super yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo‘nalishi chempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uchun ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan jang 5-raunddan keyinoq yakunlandi. Shohjahon Ergashev jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
O‘zbekistonlik bokschi 1-raundni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa-da, keyingi 4 ta raundda hakamlar Matiasning ustunligini qayd etgandi.
Shu tariqa, Ergashev jangda texnik nokaut sababli faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.
Matias esa faoliyatidagi 20-g‘alabasini nishonladi va u barcha g‘alabalariga muddatdan avval erishgan. Uning raqiblari orasida 2019 yilda jangdan keyin vafot etgan rossiyalik Maksim Dadashev ham bor edi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025