Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga arzon narxda tarqatish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan mas’ullar ushlandi
Andijon viloyatining Shahrixon va Asaka, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanlarida aholiga imtiyozli narxda berilishi lozim bo‘lgan ko‘mir soxta hujjatlar bilan boshqa shaxslarga sotib yuborilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Andijon va Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Tekshiruvlarda “Ko‘mir ta’minot” MChJning Shahrixon, Asaka va Yakkabog‘ tumani ko‘mir ombori mas’ul shaxslari aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 2 704 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, so‘ng ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Ko‘mir ta’minot” MChJning Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming dollar bilan ushlangandi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlangandi.
Mavzuga oid
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
16:08 / 28.03.2025