Jahon | 15:40 / 29.11.2023
18010
6 daqiqa o‘qiladi

Frontdagi «Leopard» tanklari va hududlarni minalardan tozalash. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 643-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Davlat departamenti Putin AQShda 2024 yil noyabrida o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalari ma’lum bo‘lmagunicha Ukraina bo‘yicha tinchlik sulhi tuzmasligini ma’lum qildi.
  • Ukraina razvedkasining sobiq rahbari Valeriy Kondratyuk razvedka xizmatining hozirgi rahbari Kirill Budanovning rafiqasi Mariannaning organizmidan simob va margimush topilganini aytdi. Uning aniqlik kiritishicha, bu ma’lumotni Ukraina razvedkasidagi sobiq hamkasblaridan olgan.
  • The Economist manbasi Volodimir Zelenskiy va UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasidagi munosabatlarni «qo‘rqinchli» darajada deb atadi — «reja bo‘yicha ketmayotgan» qarshi hujum amaliyoti sekin kechayotgani tufayli. Ukraina prezidenti ofisidagilar esa buni rad etishdi.
  • RF mudofaa vazirligi va Moskva shahri meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva oblastining Podolsk shahri yaqinida dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Vayrongarchiliklar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
  • Rossiya qo‘shini dronlar va raketalar bilan Ukrainaga hujum qildi. UQK havo kuchlari barcha dronlar, uchta raketadan ikkitasi urib tushirilganini ma’lum qildi.

Horlivka yaqinidagi pozitsiyalarda turgan ukrain askarlari

Ukraina QK jangchisi ukrain qo‘shinining Horlivka yaqinidagi transheyasida — Donetsk oblastidagi bu shahar 2014 yildan buyon RF armiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda qo‘shinlarning tutashuv chizig‘i undan bir necha kilometr naridan o‘tadi. Noyabrda ukrain armiyasi ushbu yo‘nalishda Rossiya qo‘shiniga muvaffaqiyatli hujum uyushtirdi — va shahar chekkasidagi Gagarin nomidagi kon terrikonini egalladi, bu hudud 2015 yildan buyon ilk bor qaytarib olindi.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiy Horlivka yaqinidagi pozitsiyada iti bilan
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Xarkiv yaqinidagi «Leopard» tanklari

Ukraina QK jangchisi Leopard 1A5 tankida. Bu tanklar Ukraina qo‘shiniga NATO davlatlari tomonidan berilgan. Ular orasida — Germaniya (ushbu tanklarni ishlab chiqaruvchi mamlakat), Polsha, Norvegiya va Kanada bor
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Tankni brezent bilan yopayotgan ukrainalik jangchi
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainaning ozod etilgan hududlarini minalardan tozalash jarayoni

Urushning bir yarim yildan oshiq davrida Ukraina dunyodagi eng minalangan mamlakatga aylandi. Slovakiyadagi global xavfsizlik va xalqaro munosabatlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi Globsec nohukumat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning qariyb uchdan bir qismi minalangan. Mutaxassislar minalarni Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining omillaridan biri sifatida keltirgan. Bundan tashqari, minalardan tinch aholi vakillari ham jabrlanmoqda va halok bo‘lmoqda. Ukraina hududlarini minalardan tozalashga o‘nlab yillar ketadi — quyida bu ish hozirda qanday olib borilayotgani aks etgan suratlar (bu fotosuratlar aynan qayerda olinganiga oydinlik kiritilmagan).

Ukrainaning minalangan hududlarida topilgan artilleriya snaryadlari
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Minalangan hududda nazorat ostidagi portlatish
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetsk 28 noyabr kuni Ukraina tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida kvartirasi shikastlangan ayol. Shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzinga ko‘ra, hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan
Reuters / Scanpix / LETA
Deraza tokchasidan oyna siniqlarini supurib tashlayotgan donetsklik ayol
AFP / Scanpix / LETA

Vladimir Putin Butunjahon rus xalqi kengashida

Vladimir Putin 28 noyabr kuni Butunjahon rus xalqi kengashi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yalpi majlisda videoaloqa orqali qatnashdi. Putin «G‘arb hukmron elitasi»ni yana bir bor tanqid qilib, ularni «rusofobiya», «irqchilik» va «neonatsizm»da aybladi, uning fikricha, bu nafaqat ruslarga, balki «Rossiyaning barcha xalqlariga qarshi qaratilgan». U shuningdek mamlakat «eng og‘ir demografik muammolarga» duch kelayotganini aytdi va ularni yengib o‘tish uchun rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.

Sergey Karpuxin / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid