Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov va Sherzod Asadov Turkiyada Fahrettin Altun bilan uchrashdi
«Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar har qanday sohada bo‘lgani kabi aloqa va ommaviy axborot vositalari sohasida ham o‘zaro manfaatli asosdagi kuchli va malakali hamkorlik orqali chuqurlashishda davom etadi», deb yozdi Turkiya prezidenti huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun o‘zining sahifasida.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov va prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Turkiyaga borib, mamlakat prezidenti huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun bilan uchrashdi.

«Bugun biz O‘zbekiston prezidenti devonining axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i Komil Allamjonov va prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqa, ommaviy axborot vositalari va axborotlashtirish sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlarini baholadik. Hurmatli birodarlarim, men janob Allamjonov va Asadovga yaxshi tashrif uchun rahmat aytmoqchiman. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar har qanday sohada bo‘lgani kabi aloqa va ommaviy axborot vositalari sohasida ham o‘zaro manfaatli asosdagi kuchli va malakali hamkorlik orqali chuqurlashishda davom etadi», deb yozdi Altun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Mavzuga oid
18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
15:55 / 25.02.2025
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
15:04 / 21.02.2025