Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda «nutq madaniyatiga yot» bo‘lgan avtoraqamlar taqiqlandi
Til ekspertizasiga muvofiq, o‘qish va talaffuzi nutq madaniyatiga yot bo‘lgan davlat raqamlari belgilari muomaladan chiqarib tashlandi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi o‘qish va talaffuzi «nutq madaniyatiga yot» bo‘lgani uchun taqiqlangan avtomobil raqamlari ro‘yxatini keltirdi. Bu haqda Tengrinews yozdi.
IIV xabariga ko‘ra, avtoraqamlardagi ayrim harf birikmalarini chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror til ekspertizasidan kelib chiqqan holda qabul qilingan.
«Madaniyat va sport ishlari vazirligi Tillarni rivojlantirish qo‘mitasining 2018 yilgi til ekspertizasiga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar uchun avtotransport vositalarining o‘qish va talaffuzi nutq madaniyatiga yot bo‘lgan quyidagi davlat raqamlari belgilari muomaladan chiqarib tashlanadi», deyiladi xabarda.
Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 106 ta harf birikmasi joy olgan. Bu kombinatsiyalar quyidagilar: AAM, BOK, CEX, FBP, HER, KAL, KOT, MAL, SOR, SOP, SOS, SEX, USA, XER, Xe, ZEK, GEY, GEI, GAY, JID, GON, GAD, CON, QUM, GOD, EBI, EPT, IIM, GOS, IIN, QAS, OON, XUI, QR, HUY, ISK, HYI, QYS, XUY, JUN, XER, BOQ, QUL, SIK, QAN, SYK, JUT, QOR, QYQ, QOI, TYQ, JOI, JMI, JYN, GAI, IBU, VOR, EBU, BOP, FUK, FAK, FUC, FAC, IOX, IOH, LOX, LOH, COX, KOX, FBR, POX, KNB, MVD, OPG, EBR, AMM, SGL, ASS, HAX, NAX, AM, IB, KZ, PK, QU, KP, UD, WX, TG, NS, CS, PV, AK, WK, JO, AQ, AO, RK, NN, BS, ST, BA, AW, AP, AE, AX.
Qozog‘istonda 2012 yildan yangi turdagi avtoraqamlar joriy qilingan. Qoidaga ko‘ra, fuqarolarga tegishli davlat raqamlari KZ 111 AAA 22 ko‘rinishiga ega (bunda KZ – Qozog‘istonni, 22 – mintaqa kodini anglatadi. 111 va AAA – istalgan raqam va harflar birikmasi).
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
09:46 / 22.05.2025