Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Uilan va Gershkovichni ozod qilish bo‘yicha taklifni rad etdi
Vashington Moskvaga Rossiyada qamoqda saqlanayotgan amerikaliklar Pol Uilan va Evan Gershkovichni ozod qilish bo‘yicha «jiddiy taklif» bilan chiqdi, biroq u rad etildi, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti.
Rossiya hukumati AQShning sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilan va The Wall Street Journal (WSJ) muxbiri Evan Gershkovichni ozod qilish haqidagi yangi taklifini rad etdi. Bu haqda 5 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller ma’lum qildi.
«So‘nggi haftalarda biz Pol va Evanning ozod etilishini ta’minlash bo‘yicha yangi va muhim taklifni ilgari surdik. Bu taklif Rossiya tomonidan rad etildi», - dedi Miller jurnalistlarga. U AQSh Rossiyaga aynan nimani taklif qilgani tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Miller Vashington xorijdagi Amerika fuqarolarini ozod qilish ustida ishlashda davom etishini qo‘shimcha qilib, bu vazifa davlat kotibi Entoni Blinken uchun ham, prezident Jo Bayden uchun ham ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Rossiyada Evan Gershkovich va Pol Uilanning hibsga olinishi
Evan Gershkovich 2023 yil mart oyida Yekaterinburgda qo‘lga olingan va josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist «Amerika tomonining ko‘rsatmalari asosida Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan».
«FSB»ning tushuntirishicha, amerikalik jurnalist «maxfiy ma’lumotlarni olishga urinayotganda» ushlangan. Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gershkovichning «ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinganini» aytdi. Gershkovich himoyasi jurnalist o‘z aybini tan olmasligini ta’kidladi. Hibsga olingan amerikalik muxbir Moskvadagi «Lefortovo» tergov izolyatorida saqlanmoqda. O‘tgan hafta Moskvaning Lefortovo sudi Gershkovichni hibsga olish muddatini 2024 yil 30 yanvargacha uzaytirdi.
Sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilan 2018 yilning dekabrida Moskvada qo‘lga olingan edi. «FSB»ning ta’kidlashicha, uni ushlash paytida maxfiy ma’lumotlar yozilgan fleshka topilgan. 2020 yilda AQSh fuqarosi josuslikda ayblanib 16 yilga qamalgan. Uilan ham aybini tan olmadi. U jazoni Mordoviyadagi 17-sonli qattiq tartibli koloniyada o‘tamoqda.
AQSh Davlat departamenti Uilan va Gershkovichga Rossiyada «noqonuniy ushlab turilganlar» maqomini berdi, bu Vashingtonga ularni ozod qilishning qo‘shimcha mexanizmlaridan foydalanishga, shu jumladan almashish bo‘yicha muzokaralar olib borishga imkon yaratadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025