Toshkentda 8 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi
63 yoshli erkak Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan hamda sud hukmi bilan 5 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
2023 yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizning qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etgani aks etgan video tarqalgan hamda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida yosh qizga jinsiy tajovuz qilgan mazkur fuqaro M.I.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi S.Abdug‘aniyev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga muvofiq M.I. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 6-qismi talabidan kelib chiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Mavzuga oid
16:52 / 04.10.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosari fuqaroning uyini soxta hujjatlar bilan o‘z nomiga o‘tkazib, sotib yuborgani aytilmoqda
13:10 / 03.10.2024
YeI sudi RF hukumati va firmalariga yuridik yordam ko‘rsatish taqiqlanganini tasdiqladi
11:51 / 01.10.2024
“Jabrlanuvchilar rozi emas” - Farg‘ona viloyat sudida protsessni tasvirga olmaslik uchun “yopishmagan” sabab ko‘rsatildi
19:10 / 30.09.2024