Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MDHda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi
2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
2023 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha to‘g‘ri keladigan kvadrat metr) bo‘yicha yetakchilik Armanistonda – 35,5 kvadrat metr.
MDH bo‘yicha reyting quyidagicha:
- Armaniston – 35,5 kv m;
- Moldova – 35,3 kv m;
- Belarus – 29,4 kv m;
- Rossiya – 28,2 kv m;
- Qozog‘iston – 23,4 kv m;
- Ozarboyjon – 20,1 kv m;
- O‘zbekiston – 18,5 kv m;
- Qirg‘iziston – 13 kv m;
- Tojikiston – 10,9 kv m.
Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025