Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti yordamchisi bilan jadidlar ijodi bo‘yicha fikr almashdi
Qozog‘iston prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiyalar bo‘yicha yordamchisi Ruslan Jyeldibay xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 11 dekabr kuni «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qozog‘iston prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiyalar bo‘yicha yordamchisi Ruslan Jyeldibay bilan uchrashdi.

Unda jadidlarining ijodi va mintaqa taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha fikr almashildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

«Markaziy Osiyo jadidlarining mamlakatlarimiz xalqlarini jipslashtirishdagi o‘rni, ularning ijodi va mintaqamiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashdik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildik», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025