Baxmut atrofidagi dronlar ishi va Donetsk o‘qqa tutilishi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 659-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin urush boshlanganidan buyon ilk bor «jonli muloqot» o‘tkazdi. U to‘rt soatdan ortiqroq vaqt davomida savollarga javob qaytardi.
- Bryusselda Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlari sammiti boshlandi, unda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama etilmoqda. Volodimir Zelenskiy ularni ukrain xalqini «sotmaslik»ka chaqirdi.
- Moskva shahar sudi «Memorial» hamraisi Oleg Orlovga chiqarilgan hukmni bekor qildi va RF armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» haqidagi ishni prokuraturaga qaytardi.
- Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini dronlar bilan Odessa oblastiga hujum qilgani haqida xabar berdi. 41 ta uchuvchisiz uchish moslamasi urib tushirilgani aytilgan.
- Ukrainaning barcha oblastlari bo‘ylab to‘rt bor havo trevogasi e’lon qilindi.
- Yevropa kengashi Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi.
Baxmut atrofida FPV-dronlarni boshqarayotgan ukrain harbiylari
Donetsk o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in
Ukraina armiyasi 14 dekabr kuni Donetsk shahrining Lenin rayonini o‘qqa tutdi, deb xabar berdi Bu haqda DXRning Ukraina urush jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazi (SsKK) qoshidagi vakolatxonasi xabar berdi. Donetskning Kreml nazoratidagi ma’muriyati zarbalar oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmagan. Ukrain harbiylari ham hujum yuzasidan izoh bermayapti.
Vladimir Putinning jonli muloqoti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 dekabr kuni jonli muloqot o‘tkazdi — bu Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon birinchisi bo‘ldi.
«Pryamaya liniya» Rossiyada har olti yilda bir marta o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga uch oy qolganida bo‘lib o‘tdi, — Putin navbatdagi — beshinchi muhlatga nomzodini qo‘yishini bir hafta oldin ma’lum qilgandi. Matbuot anjumani ko‘rinishida tashkil etilgan jonli muloqotda hozir bo‘lgan jurnalistlardan birortasi uning saylovoldi kampaniyasi to‘g‘risida ham, boshqa ehtimoliy nomzodlar to‘g‘risida ham, RF Konstitutsiyasiga unga yana nomzodini qo‘yishiga imkon beruvchi 2020 yilgi tuzatishlar yuzasidan fikri bo‘yicha ham savol bermadi. Shuningdek, o‘n kundan buyon g‘oyib bo‘lib qolgan muxolifatchi Aleksey Navalniy hamda avgust oyida halok bo‘lgan «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin masalasi ham ko‘tarilmadi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024