Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston mustaqilligining 32 yilligini nishonladi
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev vatandoshlarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vatandoshlarini 16 dekabrda nishonlanadigan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
«Mustaqillik kuni Qozog‘istonning yangi tarixiy sharoitlarda erkinligi va mustaqil taraqqiyotini ifodalaydi. Ushbu muhim kunda biz ajdodlarimizning suveren davlat haqidagi orzusini ro‘yobga chiqarishda beqiyos rol o‘ynagan xalq qahramonlariga hurmat bajo keltiramiz. Mustaqillik yurtimiz oldida yangi ufqlar ochdi. Aynan mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng Qozog‘istonni xalqaro huquqning to‘laqonli sub’yektiga aylantirib, diplomatik tan olish jarayoni boshlandi. Mustaqillik hamma narsadan ustun! O‘tmish va kelajak avlodlar oldidagi burchimiz – xalq farovonligi zamirida yotgan eng ulug‘ qadriyat sifatida muqaddas mustaqillikni asrab-avaylash va bor kuchimiz bilan himoya qilishdir», deyiladi tabrik so‘zida.
Respublika mustaqilligi kuni munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari va telegrammalar keldi.
«O‘tgan davr mobaynida do‘st Qozog‘iston Respublikasi turli sohalarda ulkan o‘zgarishlar va tub islohotlarni boshidan kechirganini, mamlakatning xalqaro maydondagi hurmati va nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlamoqchiman», deyiladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrigida.
1991 yil 16 dekabrda Qozog‘iston Oliy Kengashi sessiyasi majlisida «Qozog‘iston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Shu kuni qonunni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev imzoladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan mamlakat bo‘ylab turli bayram tadbirlar tashkil etildi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025