Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tepib, tayoq bilan urib mashg‘ulot o‘tgan tarbiyachilar ishdan olindi
Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi bog‘chalarning birida mashg‘ulot payti muassasa xodimlari tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi.
Unda tarbiyachilardan biri bolalarning qo‘li va qulog‘idan tortib sudragani, yana biri esa ularni tepganini ko‘rish mumkin. Tasvirda bolalar tayoq bilan kaltaklangani ham ko‘ringan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat Urganch tumani 23-sonli MTTda sodir bo‘lgan. Yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun tashkilotning yordamchi tarbiyachilari R.M. va A.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Uning ma’lum qilishicha, hozirda ushbu fakt bo‘yicha Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025