Jamiyat | 10:44 / 19.12.2023
38412
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi
Yashnobod tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 28 yoshli ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘lgan.
18 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha Yashnoboddagi yong‘in oqibatida 1995 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2015 va 2018 yilda tug‘ilgan ikki nafar qizi halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.