Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Xitoyga yangi temir yo‘l qurilishini boshladi
Yangi temir yo‘l liniyasi Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi yuk aylanmasini hozirgi 28 million tonnadan qariyb 48 million tonnagacha oshirish, janubiy nazorat-o‘tkazish punktlaridagi tirbandlikni bartaraf etish imkonini berishi kutilmoqda.
Qozog‘iston Xitoyga yangi temir yo‘l qurishni boshladi, bu mamlakatlar o‘rtasidagi yuk aylanmasini 20 million tonnaga oshiradi.
Qayd qilinishicha, Abay viloyatida uzunligi 272 kilometr bo‘lgan «Baxti – Ayag‘oz» yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlangan.
Loyiha prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Qozog‘istonning transport-tranzit salohiyatini oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi liniya qurilishi bilan birga, Xitoy bilan chegarada Baxti-Chuguchak uchinchi chegara punkti ochilishi rejalashtirilgan.
Yangi temir yo‘l liniyasi Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi yuk aylanmasini hozirgi 28 million tonnadan qariyb 48 million tonnagacha oshirish, janubiy nazorat-o‘tkazish punktlaridagi tirbandlikni bartaraf etish imkonini berishi kutilmoqda.
Ikki izli temir yo‘l 2027 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Imkoniyatlar va infratuzilmaga bosim eng yuqori cho‘qqiga chiqqani sababli Qozog‘iston hukumati temir yo‘l sohasida bir qancha loyihalarni amalga oshirishga qaror qilgan. Jumladan, o‘tgan yilning noyabr oyida «Do‘stlik-Mo‘yinti» uchastkasida ikkinchi yo‘l qurilishi boshlangan bo‘lsa, 2023 yilda Olmaota shahrini aylanib o‘tuvchi va «Darboza-Maqtaaral» temir yo‘l liniyasini qurish ishlari boshlandi.
Umuman olganda, uch yil ichida respublikada 1,3 ming kilometrdan ortiq temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025