Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yadroviy energiya qurilmasiga ega konteyner kemasida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in Murmanskdagi «Atomflot» portida «Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi kayutalaridan birida sodir bo‘lgan, yong‘in o‘chirildi, deb xabar berdi FVV.
Murmanskdagi «Atomflot» FDUKning to‘xtash joyida «Sevmorput» yadroviy konteyner kemasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Murmansk viloyati FVV boshqarmasi 24 dekabr, yakshanba kuni. Yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmagan.
«Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi kayutalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in maydoni 30 kvadrat metrni tashkil etgan. Moskva vaqti bilan soat 00:01 ga kelib u o‘chirildi, qurbonlar yo‘q», - deyiladi FVV bayonotida.
«Atomflot»: «Sevmorput»dagi yong‘in reaktor qurilmasiga tahdid keltirib chiqarmadi
«Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi kayutasidagi yong‘in reaktor qurilmasiga tahdid solmadi, deya «Atomflot» FDUK matbuot xizmati xabarini keltirgan «Interfaks» agentligi. Korxona yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmaganini va «hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlari» uchun xavf yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, yong‘inga «yuqori daraja» toifasi berilgani qayd etilgan.
«Atomflot» saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi - RFda 29 MVt quvvatli yadroviy energiya qurilmasiga ega bo‘lgan yagona muzyorar-transport kemasi. Kema 1988 yil 31 dekabrda suvga tushirilgan. Yadroviy energiya qurilmasi dizel yonilg‘isi to‘liq zaxirasiga ega bo‘lgan holda 9,5 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Kema qalinligi 1 metrgacha bo‘lgan uzluksiz tekis muz maydonlarida taxminan 3,7 km/soat tezlikda mustaqil ravishda harakatlana oladi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025