Isroilning 5000dan oshgan yo‘qotishlari, Turkiyaning aksilterrorchilik operatsiyasi, NATOga yaqinlashgan Shvetsiya - kun dayjesti
So‘nggi bir kunda jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, yangiliklarning kundalik sharhi bilan odatdagidek kun dayjestida tanishtiramiz.
G‘azodagi vaziyat
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi spikeri Ashraf al-Qudratning yozma bayonotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida Isroil qo‘shinlari yana 241 nafar falastinlikni o‘ldirgan, 382 nafarini yaralagan.
7 oktyabrdan buyon G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 ming 915 kishiga yetdi. Yaradorlar soni 54 ming 918 nafarga yetgan.
HAMASning G‘azo sektortoridagi siyosiy byurosi ravhbari Yahyo Sinvar «Qassam» batalyonlari Isroil armiyasiga qarshi misli ko‘rilmagan va intensiv operatsiyalar o‘tkazib, TsAHALni yakson qilganini ta’kidlagan.
«Yer usti operatsiyalar davomida «Qassam» batalyonlari 5 mingdan kam bo‘lmagan askarlar va zobitlarga hujum qildi, ularning uchdan bir qismi o‘ldirildi, yana shunchasi og‘ir yarador qilingan, qolgani nogiron bo‘lib qolgan. Dushmanning 750 birlikdagi harbiy texnikasi to‘liq yoki qisman yo‘q qilindi», — degan Sinvar.
Isroildagi vaziyat
Isroil muxolifati yetakchisi yana bosh vazir Binyamin Netanyahuni iste’foga chiqishga chaqirdi. Isroilning sobiq bosh vaziri Yair Lapid hukumatning hozirgi rahbari Netanyahuning olib borayotgan siyosatini tanqid ostiga oldi.
Yair Lapid 7 oktyabr kungi hujum agar uning hukmronligi vaqtida ro‘y berganida, ikkilanmasdan o‘sha kuniyoq iste’foga chiqqan bo‘lishini ta’kidlagan.
G‘azo sektorini okkupatsiya qilish Isroilda o‘q-dori yetishmovchiligini keltirib chiqargan. G‘azo sektoriga qonli yurishni davom ettirayotgan Isroil armiyasi qo‘mondonligi «qurol-yarog‘larni iqtisod qilish»ni o‘ylab qolgan, deb yozadi ibroniy tilda chop etiluvchi Walla nashri.
Snaryadlarga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat Isroilning mudofaa sanoatiga, shuningdek, uning budjetiga ham bosim o‘tkazmoqda.
Isroilning Ynet portali yozishicha, Mudofaa vazirligining profil tuzilmalari allaqachon «og‘ir reallik»ni anglab yetishgan: G‘azoni okkupatsiya qilishga urinish misli ko‘rilmagan xarajatlar — 18 mlrd dollarga tushgan.
Isroil armiyasi snaryadlardan intensiv foydalanayotganini Ynet’ning mahalliy mudofaa vazirlikdagi manbasi Falastin himoyachilarining metin turib berishiga yetarli baho bermagani bilan tushuntirgan. Qo‘mondonlik «qarshilikning bunday darajasini kutmagan», bu esa harbiy vositalar yetishmovchiligiga olib kelgan, deya tan olgan Isroil harbiy idorasining yuqori martabali vakili.
Qizil dengizdagi vaziyat
Yamanning «Ansorulloh» harakatiga a’zo husiychilar MSC United konteynr tashuvchi kemasiga qarata kemalarga qarshi ishlatiladigan raketalar bilan hujum qilishgan. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Yahyo Sariya ta’kidlab o‘tgan.
«Ansorulloh» vakili Yamanlik husiychilar shuningdek Isroilning Eylat shahridagi harbiy obektlarga pilotsiz parvoz qurilmalari bilan hujum qilinganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Ammo AQSh harbiylari Qizil dengizda husiychilarning keng ko‘lamli hujumini qaytarib qolishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozmoqda Times of Israel nashri. O‘n soat davom etgan hujum chog‘ida husiychilar 12 ta pilotsiz parvoz qurilmalari, uchta ballistik, ikkita qanotli raketalar uchirishgan. Ularning barchasi urib tushirilgan.
Eron generalining o‘ldirilishi
Isroil kuchlari Suriyadagi Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Quds» otryadi maslahatchisi, general-mayor Sayid Roziy Musaviyni o‘ldirishgan.
U turgan binoga Isroildan turib uchirilgan uchta raket kelib urilgan.
Sayid Roziy Musaviy 3 yil avval Iroqda AQSh tomonidan o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning tansoqchisi va hammaslagi bo‘lgan.
Eron nashrlarining yozishicha, Sayid Roziy Musaviy Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining mintaqadagi eng omilkor qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan. U harbiy ta’minot ishida juda muhim rol o‘ynagan. Usiz hech qanday operatsiya uyushtirilmaydi, Isroilga qarshilik kuchlari ishlay olmaydi. Be hujumning maqsadi qarshilik frontini kuchsizlantirish bo‘lgan.
Turkiyaning aksilterrorchilik operatsiyasi
Turkiya MİTi Suriyaning Ayn al-Arab, Qamishli va Amud aholi pukntlarida joylashgan terroristik Kurdiston ishchi partiya rahbarlari joylashgan 50 dan ortiq obektni yo‘q qilgan.
Turkiya razvedkasi — MİT xodimlari o‘z imkoniyatlari va agentlar tarmog‘idan foydalanib, PKK terrorchilarining Suriyaning ayrim shimoliy sharqiy qismlarida fuqarolik obektlari ko‘rinishida faoliyat yuritib kelgan harbiy, iqtisodiy va logistika obektlarini aniqlagan.
Bu obektlarning aniq joylashgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar markazga uzatilgan.
Turk OAVlari xabarlariga ko‘ra, turrorchilarning turli majmualar, qarorgohlarlaridan iborat obektlar muvaffaqiyatli yo‘q qilingan.
Turkiya xavfsizlik apparatidagi manbalarning bildirishicha, MİT tomonidan o‘ktkzilgan operatsiyalarda eng avvalo tinch aholi va fuqarolik infratuzilma obektlarga zarar yetkazmaslik muhim vazifa sifatida belgilangan.
Shvetsiya: NATO sari yo‘l
Turkiyaga oid yana bir xabar. Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom Turkiya parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi qarorini olqishladi. Milliy majlis qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasini ma’qulladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Buroq Oqchopar komissiyaga Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha axborot berdi. Deputatlar qonun loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
«Biz Turkiya parlamenti komissiyasi tomonidan Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun yozgan arizasi ma’qullanganini olqishlaymiz. Keyingi qadam, parlamentning ushbu masala bo‘yicha ovoz berishi bo‘ladi. Biz NATOga a’zo bo‘lishni intiqlik bilan kutmoqdamiz», — deb yozgan X ijtimoiy tarmog‘ida Billstryom.
MDH noformal sammiti
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDHga a’zo davlat rahbarlarining noformal sammiti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2023 yilgi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. MDH doirasida ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehmonlarni Sankt-Peterburg shahrining madaniy obektlarini aylantirish asnosida MDH davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan ikkitomonlama va xalqaro masalalarni faol muhokama qildi.
Vladimir Putin 2023 yil MDH uchun favqulodda faol va voqealarga boy bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
MDH davlatlari noformal sammitida Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Armaniston va Belarus yetakchilari ishtirok etishdi.
Ozarboyjon-Armaniston munosabatlari
Sankt-Peterburgda o‘tgan MDH noformal sammitida Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari qo‘l siqishib ko‘rishishdi.
Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev sammit maydonlarida arman-ozarboyjon sulh kun tartibi bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qilishgan, deb xabar bergan Armaniston bosh vazirini matbuot kotibi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Boku va Baku sulh shartnomasi imzolashni yakunlash arafasida turganini ta’kidlagan.
«Ular ortiq ziddiyatlashayotgan tomonlar emas, ular sulh muzokaralarini yakunlab, yagona hujjat — sulh shartnomasi imzolash uchun to‘liq tayyorligini bildirib bo‘lishgan. Bu yerda ortiq hech qanday risklar yo‘q», — degan Peskov.
Misrda jurnalist urib o‘ldirildi
Ukraina prezidentining qaynonasi tomonidan hashamatli villa xarid qilinganini surishtirgan misrlik jurnalist «sirli vaziyat»da o‘lgani xabar qilinmoqda.
Misr OAVlarining politsiyaga tayanib yozishicha, Muhammad al-Alaviyning jasadi kimsasiz joyda topilgan. Uning tanasida ko‘kargan va singan joylar ko‘p bo‘lgan. O‘lim esa miyaga qon quyilishi natijasida sodir bo‘lgan. Politsiyadagi manba al-Alaviy bir guruh insonlar tomonidan kaltaklanib o‘ldirilganini ta’kidlagan.
Al-Alaviy avgust oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning qaynonasi Olga Kiyashko tomonidan Misrdagi «millionerlar shahrida» hashamatli villa xarid qilingan haqida surishtiruv materiali e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
14:38 / 23.11.2024
AQSh vetosidan norozi Hamas, Isroilda konstitutsiyaviy inqiroz xavfi va Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar - kun dayjesti
13:50 / 22.11.2024
G‘azodagi misli yo‘q zulm, Netanyahu hibsi uchun order va Putinning tahdidli chiqishi - kun dayjesti
13:54 / 21.11.2024
G‘azo masalasiga veto qo‘ygan AQSh, Baydenning ruxsatini ma’qullamagan Erdo‘g‘an va Storm Shadowʼlar bilan Rossiyaga ilk zarba - kun dayjesti
13:54 / 20.11.2024