O‘zbekiston | 13:04 / 30.12.2023
12544
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

YTH 29 dekabr kuni kechki vaqtda Aqto‘be viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar 32 nafar O‘zbekiston fuqarosini evakuatsiya qildi, ular Yekaterinburg-Chimkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. 

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 18:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Aytekebi tumanidagi Qorabutak-Qo‘stanay avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgani haqida ma’lumot kelib tushgan, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Voqea joyida qutqaruvchilar, mahalliy hokimiyat va ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi tuman masjidiga evakuatsiya qilingan. 

«Hodisa joyida jabrlanganlar yo‘q. Yo‘lovchilar Yekaterinburg-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan», - deyiladi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo sharoiti yomonlashganda va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etilganda ob-havo o‘zgarishini kuzatib borish va yo‘lga chiqmaslikni so‘ragan. 

Qozog‘istonning 6 ta viloyatidagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari 15 ta uchastkasida noqulay ob-havo sharoiti, kuchli qor tufayli harakatlanishga cheklov joriy etilgan.

Mavzuga oid