«Afrosiyob», «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxi oshadi
2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari hamda «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tezyurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda.

Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi-yonilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temiryo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsad qilingan.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlari chiptalarining yangi narxlari:
Toshkent — Buxoro — Toshkent
- VIP - 636 000 so‘m
- Biznes - 462 000 so‘m
- Ekonom - 336 000 so‘m
Toshkent — Qarshi — Toshkent
- VIP - 534 000 so‘m
- Biznes - 390 000 so‘m
- Ekonom - 282 000 so‘m
Toshkent — Samarqand — Toshkent
- VIP - 396 000 so‘m
- Biznes - 276 000 so‘m
- Ekonom - 204 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

12:52 / 31.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tutashuvlarida o‘tkazish qobiliyati oshiriladi

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

20:18 / 26.03.2025
“Ustimdan bir nechta suvarakni urib tushirdim” - poyezdlardan yana bir shikoyat

08:52 / 24.03.2025