Genotsidni tan olmayotgan Netanyahu, tiklanayotgan Qorabog‘ va futbolga aralashgan Miley - kun dayjesti
Jahonda ro‘y bergan voqea-hodisalar, bayonotlar tafsilotlari va e’tiborga molik voqealarni odatdagidek kundalik dayjestimizda taqdim etamiz.
G‘azodagi vaziyat
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning nomutanosib zarbalari oqibatida sektorda halok bo‘lganlar soni 23 ming 357 nafarga yetganini ma’lum qildi. Yarador bo‘lganlar soni 60 mingga yaqinlashgan.
Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida G‘azoda 147 kishi o‘ldirilgan. 243 kishi yarador qilingan.
BMT Xalqaro sudi tomonidan Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga nisbatan genotsid da’vo qilingan arizasi ko‘rib chiqilishidan avval Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu chiqish qilib, Isroil G‘azo sektorini okkupatsiya qilmoqchimasligi va u yerdan falastinliklarni deportatsiya qilmoqchi emasligini ta’kidlagan.
«Isroil Falastin aholisiga qarshi emas, hamaschilarga qarshi kurashmoqda va biz buni xalqaro qonunlarga to‘liq rioya etgan holda qilyapmiz», degan Netanyahu.
Ekspertlarga ko‘ra, bu bayonot Isroil hukumatiga xalqaro bosimni kamaytirish uchun qilingan.
Ekvadordagi vaziyat
Ekvadordagi vaziyat sekin-asta nazoratga olinmoqda. 7 yanvar kuni mamlakatdagi bir nechta qamoqxonalarda mahbuslar isyon ko‘targan. Bunga sabab Guayakil shahri qamoqxonasidan «Los-Choneros» jinoiy guruhi yetakchisi, Fito laqabli Adolfo Masias qochib ketgani bo‘lgan. U hanuzgacha topilmagan.
2023 yilning avgustida o‘ldirilishidan picha avval Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Viyyavisensio Fito tomonidan tahdidlar bo‘layotganini aytgan edi.
10 yanvar kuni «Los Labo» jinoiy guruhi yetakchilaridan biri 38 mahbus bilan Riobamba qamoqxonasidan qochgani ma’lum bo‘ldi. «Los-Lobos» Fernando Viyyavisensioni o‘ldirishni o‘z gardaniga olgan.
Jinoyatchilar mamlakat bo‘ylab tartibsizliklar uyushtirgan, odamlarni garovga olishga uringan, politsiyachi va harbiylarni o‘ldirgan.
Ekvador qurolli kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rahbari Xayme Vela Eraso mojaro boshlanganidan buyon harbiylar va politsiyachilar jinoiy guruhlarning 329 a’zosini qo‘lga olgani va 5 nafarini o‘ldirganini xabar qildi. Prokuratura 17 nafar qochqin jinoyatchilarga ayblovlar e’lon qilgan.
Darvoqe, Ekvadordagi banan yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi mojaro mamlakatdagi banan eksportiga mutlaqo ta’sir qilmayotganini ta’kidlagan.
Ukrainadagi urush
2024 yil bahorida Kiyevga va’da qilingan 1 million artilleriya snaryadlarini yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga qurol eksportini kamaytirish va mudofaa kompaniyalariga bosim o‘tkazish kerak, degan ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton.
«Biz bu va’dada turibmiz, uning bajarilishi «mutlaqo realdir», dedi Breton. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga erishish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari uchinchi davlatlarga qurol eksportini kamaytirishi, shuningdek, milliy hukumatlar ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun mudofaa kompaniyalariga bosim o‘tkazishini ta’minlashi kerak», degan Breton.
Komissarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va 1,5-2 yil ichida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya bilan tenglashishga qodir.
KXDR Ukrainadan yadroviy kallak eltishi mumkin bo‘lgan ballistik raketalardan sinov poligoni sifatida foydalanmoqda, — dedi Janubiy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Jung-Ku Xvan.
Rossiyaning muzlatilgan pullari
Oq uy Rossiyaning 300 mlrd dollarlik muzlatilgan pullarini Ukraina foydasiga musodara qilishni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Biroz avval Ukarina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bu pullar Rossiya vayron qilgan ijtimoiy soha obektlari va infratuzilmalarni qayta tiklash xarajatlarining 80 foizini qoplashini aytib o‘tgan edi.
Jo Bayden administratsiyasi bu qadamni G7, ayniqsa yevropalik ittifoqchilariga ham tasdiqlatib olmoqchi, chunki bu pullarning 200 milliardi Yevropada saqlanmoqda.
Bu masala G7 rahbarlarining 24 fevral kuni — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan o‘tadigan yig‘ilishida yana ko‘tarilishi kutilmoqda.
Tiklanayotgan ozarboyjon
Ozarboyjon 2024 yilda Qorabog‘dagi yana 5 ta shaharga insonlarni doimiy yashashga qaytara boshlaydi, degan mahalliy kanallarga bergan intervyusida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev.
«Qorabog‘da va Sharqiy Zangizurda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar tufayli bizga bu yerlardan majburiy ko‘chirib yuborilgan ko‘plab insonlarni o‘z tug‘ilib o‘sgan yerlariga qaytarish imkonini beradi. Bu yil Shusha, Jabroil, Kelbajar, Xonkandi va Xo‘jali kabi shaharlarga odamlar qaytib borib joylashishadi. Ag‘dam, Zangilon, Gubadli kabi shaharlarni majburan tark etganlarni qayta ko‘chirish 2025 yilga mo‘ljallanmoqda», — degan Aliyev.
Argentina futboliga taqiq?!
Argentina futboli xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin. Bunga sabab mamlakatning yangi prezidenti Xaviyer Mileyning futbol klublari statuslarini o‘zgartirishga urinayotganligidir.
Avvalroq Miliy barcha futbol klublarini mas’uliyati cheklangan sport kompaniyalari deb tan olishni taklif qilgan. Ekspertlarning fikricha, sport tashkilotlarining avtonomligiga aralashuv Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va FIFA tomonidan sanksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:38 / 23.11.2024
AQSh vetosidan norozi Hamas, Isroilda konstitutsiyaviy inqiroz xavfi va Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar - kun dayjesti
13:50 / 22.11.2024
G‘azodagi misli yo‘q zulm, Netanyahu hibsi uchun order va Putinning tahdidli chiqishi - kun dayjesti
13:54 / 21.11.2024
G‘azo masalasiga veto qo‘ygan AQSh, Baydenning ruxsatini ma’qullamagan Erdo‘g‘an va Storm Shadowʼlar bilan Rossiyaga ilk zarba - kun dayjesti
13:54 / 20.11.2024