O‘zbekiston | 08:53 / 13.01.2024
16907
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Olmaota yaqinida qo‘sh qotillik sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushlandi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida qo‘sh qotillik sodir etganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Zakon.kz

Zakon.kz xabariga ko‘ra, ikki davlat huquqiy muhofaza qilish idoralari xodimlarining qo‘shma operatsiyasi Uchqo‘rg‘onda O‘zbekiston fuqarosining qo‘lga olinishi bilan yakunlandi. 

Qayd etilishicha, bu shaxs 12 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan – 2012 yilda Olmaota viloyatining Yenbekshiqozoq tumanida vaqtincha ishlab yurib, pensionerlar uyiga kirib olgan va ularni o‘ldirib, mol-mulkini talon-toroj qilgan.

Umuman olganda, 2024 yil boshidan buyon Qozog‘iston politsiyachilari qidiruvdagi 58 nafar jinoyatchini qo‘lga oldi.

Ular orasida 2020 yilda Ostonada 144 ta aksiyadordan 4 milliard tenge yig‘ib, g‘oyib bo‘lgan MChJlardan birining asoschisi ham bor. Avvalroq uning ikki sherigi qo‘lga olingan edi. 

Mavzuga oid