Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Qozog‘istonda Ozarboyjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston ishtirokida jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
«Bu yil mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi va ular yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilishi kerak. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim», dedi Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov.
Qozog‘iston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Marat Xusainov so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda 160 dan ortiq tezkor va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan eng ahamiyatlisi Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy-dengiz kuchlari, Harbiy havo kuchlari, «G‘arbiy» mintaqaviy qo‘mondonligining maxsus operatsiya bo‘linmalari hamda harbiy kontingentlari ishtirokida o‘tkaziladigan «Birlestik» mashg‘ulotlaridir.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
21:27 / 23.05.2025