Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada og‘ir jinoyatlar soni 12 yil ichidagi rekord darajaga yetdi
«Vestka» keltirgan IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada 589 mingdan ortiq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan. Bu 2011 yildan beri rekorddir.
2023 yilda Rossiyada 589 mingdan ortiq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan, deb yozadi «Verstka» nashri 15 yanvar, dushanba kuni IIV statistikasiga tayanib. Bu 2011 yildan beri rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda idora 608 mingta shunday jinoyatni qayd etgandi.
Eng ko‘p og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar Moskva (50 196), Moskva viloyati (22 212) va Krasnodar o‘lkasida (21 671) kuzatilgan. Sankt-Peterburg (20 489), Tyumen viloyati (17 581) va Tataristonda (17 126) ham jinoyatchilikning yuqori darajasi qayd etilgan.
Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni rekord darajaga yetdi. O‘tgan yili u yerda 5614 ta jinoyat aniqlangan, bu 2022 yilga nisbatan 29 foizga ko‘pdir. Bu statistik kuzatuvlar boshlangan 2010 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Chechenistonda - 2010 yildan beri eng past jinoyatchilik ko‘rsatkichi
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, eng kam og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 2023 yilda Nenetslar avtonom okrugida (213), Chukotka avtonom okrugida (303) va Chechenistonda (648) qayd etilgan. Checheniston uchun bu kamida 2010 yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, so‘nggi bir yilda u 3 foizga kamaydi.
RFning yana o‘nta sub’yektida, shu jumladan Tver, Arxangelsk, Kaluga, Smolensk, Ryazan viloyatlari va boshqa hududlarda og‘ir jinoyatlarning kamayishi kuzatildi.
Og‘ir jinoyatlar toifasiga qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiradi, ularni sodir etganlik 10 yildan ortiq bo‘lmagan ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, o‘ta og‘ir jinoyatlarga 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi. Bular qotilliklar, talonchilik, katta hajmdagi tovlamachilik, shuningdek, giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardir.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025