Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida bir oilaning 3 a’zosi noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etdi
Oilaning yana ikki a’zosi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda. SSVga ko‘ra, bemorlarga is gazidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Bosh prokuratura esa holat yuzasidan ekspertiza tayinlangani, aniq xulosalardan keyin oila a’zolari qanday vafot etgani ma’lum bo‘lishini bildirdi.
Uchtepa tumani Ko‘ksaroy mahallasidagi xonadonda ota-ona va ularning uch qizi uyidan hushsiz holda topildi. Kun.uz muxbirining aniqlik kiritishicha, holat 2024 yilning 16 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Voqea joyi va murdalar tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilganida 36 yoshli ona va uning 3 yoshli qizi vafot etganligi aniqlangan. Shuningdek, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib borilgan 39 yoshli ota ham ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 17 yanvar kuni vafot etgan.
Oilaning 12 yoshli va 8 oylik qizlari esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ham ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Bosh prokuraturaga matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hodisa joyidan turli xil giyoh va dori vositalari, xonadonda iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Aniq xulosalardan keyin oila a’zolari qanday vafot etgani ma’lum bo‘ladi.
SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, bemorlarga is gazidan zaharlanish dastlabki tashxisi qo‘yilgan. “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati rahbari Mehribon Mametova esa tahririyatga 16 yanvar kuni Uchtepa tumanining Ko‘ksaroy mahallasida tabiiy gaz ta’minotida uzilish bo‘lmaganinin bildirdi.
Holat bo‘yicha Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ikki nafar fuqaro noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlangani, ulardan biri vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
08:13 / 06.05.2025