Toshkentda yangi qurilayotgan binodan yiqilgan yigit vafot etdi
Yigit binoning yuqori qavatidan ehtiyotsizlik tufayli yiqilib tushgani aytilmoqda.
Toshkent shahrida qurilayotgan yangi binolardan birining yuqori qavatidan yiqilgan yigit vafot etgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berilgan.
27 yoshlarda bo‘lgani aytilayotgan yigit darhol shifoxonaga olib kelingan va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya ikki soat davom etgan.
Tez tibbiy yordam shifokorining so‘zlariga qaraganda, bemor ko‘p qavatli binoning yuqori qavatidan baxtsiz hodisa tufayli yiqilib tushgan. Operatsiya davomida uning ko‘krak qafasida va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida shikastlanishlar, qovurg‘alar va tos suyagi sinishi aniqlangan.
Operatsiya ikki soat davom etgan, biroq bemor tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Hozircha hodisa haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
07:32
Toshkentda jamoat transporti ishi 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkin
23:47 / 26.11.2024
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi
21:14 / 26.11.2024
Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi
21:02 / 26.11.2024