O‘zbekiston | 18:59 / 22.01.2024
9214
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘ona shahridagi yonilg‘i saqlash omborida yong‘in chiqdi
Farg‘ona shahridagi «NEFT OIL» MChJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi.
22 yanvar kuni Farg‘ona shahrining To‘qay ko‘chasidagi «NEFT OIL» MChJda yong‘in kelib chiqdi. Holat aks etgan videolar tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati yong‘in bo‘yicha 15:18 da xabar kelib tushganini ma’lum qildi.
12 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 15:26da (8 daqiqadan so‘ng) voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 16:08 da (40 daqiqadan so‘ng) to‘liq qurshab olingan va soat 16:14 da batamom o‘chirilgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q.
Boshqarma ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdorini aniqlamoqda.