Jahon | 08:34 / 24.01.2024
4284
2 daqiqa o‘qiladi

Boris Nadejdin nomzodi uchun 100 ming imzo to‘plandi

Boris Nadejdinning veb-saytida uning uchun 101 000 dan ortiq imzo topshirilgani aytiladi. Ayni paytda uning tarafdorlari «bo‘shashmaslikka» chaqirmoqda. 

Foto: Alexander Zemlianichenko/AP Photo/picture alliance

Rossiya prezidentligiga saylovlarda urushga qarshi mustaqil nomzod bo‘lgan Boris Nadejdin o‘zini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan 100 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Bu ma’lumot 23 yanvar, seshanba kuni Nadejdinning saytida paydo bo‘ldi

Moskva vaqti bilan 23 yanvar kuni tushdan keyin imzolar soni 101 607 taga yetdi. «Jami 100 ming imzo to‘plangan, ular saralanmagan. Biz to‘plashni davom ettirmoqdamiz», - deya izoh berdi Nadejdin matbuot xizmati. 

Siyosatchi nomidan yuritiladigan Telegram-kanalda: «Biz 150 ming imzo to‘plashimiz kerak. Mening nomzodim uchun 105 mingta ideal imzoni tanlash uchun», deyiladi. Kanal mualliflari Boris Nadejdin tarafdorlarini «bo‘shashmaslikka», do‘stlari, qarindoshlari va hamkasblarini ro‘yxatdan o‘tish joylariga olib kelishga chaqirmoqda. 

Nadejdin uchun «kamchilikka ega» imzolar 

Nadejdinning veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining 75 mintaqasida uni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plangan. Nomzod bo‘lish uchun 40 ta turli hududdan 2500 ta imzo MSKga topshirilishi kerak. 

Ayni paytda, «Meduza» internet nashri Boris Nadejdinning shtabidagi suhbatdoshiga tayanib, ro‘yxatdan o‘tish uchun hali ham imzolar yetarli emasligini va «ko‘p» yetishmayotganini yozadi. Shu bilan birga, ko‘plab «kamchilikka ega imzolar» mavjud. 

Boshqa bir manba jurnalistlarga atigi 10 ga yaqin hududda 2500 imzo to‘planganini aytdi. Hududlarda yig‘ish 25 yanvarga qadar davom etadi, Moskvada esa u yerda yashovchi, boshqa viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar imzolari biroz ko‘proq yig‘iladi, deya qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid