Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun 37 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda
Tanlov ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish (mehmonxona va oshxonalarda), qurilish sohalarida mehnat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qamrab oladi. Maoshlar o‘rtacha 2000-2500 dollar bo‘lishi aytilmoqda.
2024 yilda Koreyaga ishga yuborish uchun ilk bor 100 ming nafar o‘zbekistonlik tanlovlarga jalb qilinadi, deya xabar berdi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Koreya Respublikasi Ye-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tanlovlarga jalb qiladi:
- ishlab chiqarish sohasida – 22 ming 248 nafar;
- qishloq xo‘jaligi sohasida – 6 ming 858 nafar;
- xizmat ko‘rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida – 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uchun);
- qurilish sohasida – 2 ming 898 nafar.
Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish 2023 yil 8-14 fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Oylik maoshlar o‘rtacha 2000-2500 ming dollarni tashkil etishi aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Koreyada ishlash istagidagi nomzodlar uchun O‘zbekistonning barcha hududlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida koreyalik o‘qituvchilar tomonidan koreys tili kurslari tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, Ye-9 va boshqa ishchi vizalari asosida tanlovlar 2024 yil davomida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.
Avvalroq Bandlik vazirligi huzuridagi Migratsiya agentligi Germaniyaga 50 ming nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun yuborilishi haqida e’lon bergan edi.
Mavzuga oid
17:47 / 22.11.2024
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
20:54 / 19.11.2024
Ispaniya har yili 300 ming migrantni qonuniylashtirish niyatida
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
18:08 / 18.11.2024