Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umra ziyoratidan ortga qaytishda qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonliklar uchun qo‘shimcha reyslar qo‘yiladi
Bir guruh o‘zbekistonliklar Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga borib, ortga qaytishda qiyinchiliklarga duch kelgan. O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ziyoratchilarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarilganini, qolgan fuqarolarni ham ortga qaytarishda choralar ko‘rilayotganligini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga borib, ortga qaytishda qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar haqida ma’lumotlar tarqaldi. O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan rasmiy axborot e’lon qildi.
“Ta’kidlash joizki, yurtdoshlarimizning safarlari xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan tashkil etildi. Mazkur holat aviaqatnovlarni amalga oshirishdagi texnik nosozliklar, shuningdek, turistik kompaniyalarning bu kabi safarlarni tashkil etishda zaruriy malaka va tajribaga ega emasligi tufayli yuzaga kelgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda yurtdoshlarimizni qaytarish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, qo‘shimcha reyslar jadvali tuzildi.
2024 yil 4 fevral holatiga ko‘ra, ziyoratchilarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi, qolgan fuqarolarimiz ham yaqin fursatlarda Vatanimizga yuboriladi”, Bosh konsulxona axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonning Ar-Riyozdagi elchixonasi va Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan: doimiy ravishda monitoring olib borilib, o‘zbekistonliklarga zarur konsullik, huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
13:28 / 29.03.2023
Umra ziyorati: ko‘zga ko‘rinmaydigan jihatlar haqida 10 ta maslahat
16:49 / 03.06.2022
Serdar Berdimuhamedov Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu uning Turkmaniston prezidenti lavozimidagi ilk xorijiy safari
08:32 / 20.03.2022
Umra ziyorati qisman sayyohlik firmalariga beriladi – Musulmonlar idorasi
18:58 / 18.03.2022