Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB kubalik ayolni turmush o‘rtog‘i bilan yarashtirib qo‘ydi
Sud hujjatiga asosan kubalik L.B. foydasiga voyaga yetmagan farzandi uchun o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘idan aliment undirish belgilangandi.
Foto: MIB axborot xizmati
MIBning yordami bilan kubalik fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan yarashdi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga sud ijro hujjatiga asosan qarzdor M.N.dan asli Kuba davlatidan bo‘lgan undiruvchi L.B. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan.
Davlat ijrochisining huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari davomida ijro ishi yurituvi tamomlanib, oila yarashtirilishiga erishilgan.
Oldinroq Toshkentda uch nafar sobiq xotinidan aliment qarzdorligi uchun 15 sutkaga qamalgan erning qarzlarini uning 4-xotini to‘lagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024