Jahon | 21:49 / 12.02.2024
9013
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya urush tugaguniga qadar Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtatadi

Yangi saylangan prezident, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Finlandiya va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lish imkoniyatini taqiqlashga va’da berdi. 

Foto: PhotoXPress

Finlandiyaning yangi saylangan prezidenti Aleksandr Stubb Ukrainadagi urush to‘xtatmaguncha, mamlakat rasmiylari Rossiya rahbariyati bilan munosabatlarni yaxshilash ustida ishlamasligini aytdi. Bu haqda Yle nashri yozdi. 

Shuningdek, u Rossiyaning harakatlari oqibatida Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada o‘zgarganini qo‘shimcha qildi. Bu Finlandiyaning NATO a’zoligiga qabul qilish tezligiga ham ta’sir qildi, dedi u. 

«Rossiyaga nisbatan siyosat oddiy. Diplomatik va rasmiy munosabatlar saqlanib qolmoqda, biroq Rossiya bilan siyosiy darajada aloqalar mavjud emas va Rossiya Ukraina hududidagi harbiy amaliyotini to‘xtatmaguncha bo‘lmaydi», dedi Stubb. 

11 fevralda yakunlangan saylovda Aleksandr Stubb 51,6% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Finlandiyadagi prezidentlik saylovida barcha asosiy nomzodlar Ukrainani qo‘llab-quvvatladi va Rossiyaga qarshi chiqdi. Stubb, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Finlandiya va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lish imkoniyatini taqiqlashga va’da berdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid