Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Uchta tumanda valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda
Jumladan, departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.J. 3 950 dollarni fuqaro B.K.ga 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qamashi tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.M. hamda B.D. 3 000 dollarni fuqaro I.M.ga 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan 3 500 dollarni 43,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025