Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shvetsiya chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik qiladi
Stokholm shahrida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Shvetsiya Atrof-muhitni o‘rganish instituti Xalqaro biznes departamenti rahbari Jina Xedbring va ushbu tashkilot loyiha menejyeri Simona Andersson bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Muzokaralar jarayonida Shvetsiya Atrof-muhitni o‘rganish instituti tomonidan dunyoning qator mamlakatlarida bio xilma-xillik, atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi, raqamlashtirish, energiya, o‘rmonchilik, suv va chiqindilarni boshqarish hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar va amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida taqdimot qilindi.
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish, shuningdek, suv resurslari va chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida elchixona va Shvetsiya Atrof-muhitni o‘rganish instituti o‘rtasida muntazam aloqalarni davom ettirish hamda ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025