Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar yetakchilik qilmoqda
Har 10 nafar kelinning biri o‘zbekistonlik ekani ta’kidlanmoqda.
2023 yil yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayollar Turkiyadagi xorijlik kelinlar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Bu haqda MIR24 Turkiya Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd qilinishicha, xorijlik kelinlarning 12 foizi O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni suriyalik (11 foiz) va ozarboyjonlik (9 foizi) kelinlar egallab turibdi. Rossiyalik kelinlar 7,5 foiz ko‘rsatkich bilan yuqori beshlikka kirgan.
2023 yilda xorijlik kelinlarning o‘rtacha yoshi 28,5 yilga teng bo‘lgan. Iyul, avgust va sentabr oylarida eng ko‘p nikoh rasmiylashtirilgan.
Xorijlik kelinlar ishtirokidagi to‘ylar Istanbul, Antaliya va Izmir shaharlarida eng ko‘p o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025