O‘zbekiston | 20:40 / 26.02.2024
9167
2 daqiqa o‘qiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga rahbar tayinlandi

Energetika vaziri o‘rinbosari Akmal Jumanazarov shu lavozimda ish boshlaydigan bo‘ldi.

Akmal Jumanazarov / Foto: Energetika vazirligi

Prezident qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu sababli, energetika vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Jumanazarov 2023 yil fevralidan buyon energetika vazirining elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

U muqaddam Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Texnik tartibga solish agentligi 2021 yilda prezident farmoniga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan. Agentlik texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

  • 2018 yildan «O‘zstandart» agentligi (avvalgi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, hozirgi Texnik tartibga solish agentligi) direktori bo‘lib ishlagan Dilshod Sattarov 2024 yil yanvarida «o‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik» uchun lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid