Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram biznes akkauntlarni ishga tushiradi
Biznes profillarni Telegram Business bo‘limida bepul yaratish mumkin.
Telegram foydalanuvchilari biznes akkauntlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov xabar berdi.
Biznes akkauntda joylashgan manzilni, ish jadvalini ko‘rsatish, avtomatlashtirilgan xabarlarni yuborish va javob shablonlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Biznes profillarni Telegram Business bo‘limida bepul yaratish mumkin.
«Endi foydalanuvchilar Telegram shaxsiy akkauntlarini biznes akkauntlariga aylantirishi mumkin. Natijada ular o‘z manzili va ish soatlarini qo‘shishi, rangli teglar bilan suhbatlar tashkil qilishi, avtomatik salomlashishdan foydalanishi yoki tezkor javoblar uchun xabarlar va shablonlar yaratishi mumkin bo‘ladi», deb yozdi Pavel Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram Business funksiyalaridan biri foydalanuvchilarning chatbotlar bilan o‘zaro aloqasida «inqilob uyushtiradi». Xususan, biznes akkauntlarda chatbotni «ko‘rinmas kotib»ga aylantirish mumkin bo‘ladi. Telegram yaratuvchisi ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish yangi bosqichga ko‘tariladi.
Bir hafta oldin Pavel Durov messenjer ishidagi yana bir muhim o‘zgarish, Telegram kanallari egalari reklamadan tushgan daromadning 50 foizigacha olishi mumkinligini e’lon qildi. Bu xususiyat faqat 100 ta mamlakatda joriy qilinadi. Reklama uchun mablag‘larni o‘tkazish TON blokcheyni orqali amalga oshiriladi. TON Wallet kriptovaluta hamyoni messenjer interfeysida mavjud.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi
18:16 / 23.05.2025