O‘zbekiston | 08:21 / 09.03.2024
6705
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinni egallab turibdi

9 martda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Kun.uz

IQAir portaliga ko‘ra, soat 8:15 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 160 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Senegalning Dakar shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3. Hindistonning Kalkuttasi 2-pog‘onada — 187 mkg/m3. Pokistonning Lahor shahri uchlikni yakunlab bergan — 183 mkg/m3

Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Dakka (Bangladesh), Dehli (Hindiston), Xanoy (Vetnam), Katmandu (Nepal), Yangon (Myanma), Chendu (Xitoy) o‘rin egallagan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

29 fevral kuni Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqqandi.

Mavzuga oid