Jamiyat | 19:01 / 13.03.2024
21648
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda o‘quvchilarni urgan o‘qituvchi ishdan olinib, jarimaga tortildi 

U o‘quvchilarga yengil tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topilgan. 

Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024 yil 1 martdan boshlab bekor qilindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

Avvalroq, ushbu o‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchilarni urgani, jumladan, boshiga qo‘l va daftar aralash tarsaki tushirgani, o‘quvchi qizni do‘pposlagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. 

Qayd qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv natijasida M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) asosida javobgarlikka tortilib, jarimaga tortilgan. Jarima miqdori xabarda keltirilmagan.

Mavzuga oid