Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga qariyb 886 mln so‘mlik qarzdorlik undirib berildi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi maktablarga autsorsing usulida ovqatlantirish xizmati ko‘rsatib kelgan tadbirkorning 886,5 mln so‘m mablag‘i undirib berildi.
Biznes-ombudsmanga “Autsorser-Agro”(nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari tomonidan Qiziltepa tumanidagi maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlarining harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat yo‘llangan.
Aniqlanishicha, tadbirkor shartnoma asosida 2023 yilning sentabr oyidan dekabr oyiga qadar 4 oy davomida autsorsing usulida ovqatlantirish xizmati ko‘rsatib kelgan
Biroq, ko‘rsatilgan xizmat uchun yuzaga kelgan 886,5 mln so‘m karzdorlikni to‘lash paysalga solinib, to‘lovni amalga oshirish o‘rniga tadbirkorga nisbatan turli xil tekshiruvlar amalga oshirish holatlari kuzatilgan.
O‘z o‘rnida bu xolat tadbirkorning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazib, maxsulotlar yetishmovchiligi, ish xaqlari, soliq va boshqa bir qancha to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.
Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorning muammosi ijobiy xal qilinib, qarzdorlik to‘lab berilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
15:53 / 06.06.2024
“Haqiqiy biznesmen raqobat tarafdori bo‘ladi” - Doniyor G‘aniyev JSTga a’zolik haqida
09:39 / 03.06.2024
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti joriy yilda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi
18:29 / 30.05.2024