Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda ispan sarmoyasini Markaziy Osiyoga jalb etish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Madrid shahridagi San Pablo universiteti bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyoda ispan sarmoyasi uchun imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligi, Airbus kompaniyasi mintaqaviy vakili, San Pablo universitetining professor-o‘qituvchilari va ekspertlari, shuningdek Ozarboyjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston elchilari ishtirok etdi.
Sanoat, savdo va turizm vazirligi vakili Mariya Penya Mateos so‘nggi yillardagi geosiyosiy beqarorlikka qaramasdan, O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganini alohida qayd etdi. "Ispaniya O‘zbekistonni energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va turizm sohalarida salohiyatli hamkor sifatida biladi", dedi u.
Airbus kompaniyasi vakili Xose Luis de Migel o‘z navbatida, Uzbekistan Airways bilan yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, O‘zbekiston uchun A320neo rusumidagi samolyotlarni yetkazish bo‘yicha kelishuvlar mavjudligini qayd etdi.
Mavzuga oid
13:40 / 08.02.2025
«Do‘st davlatlar» Rossiyaga sarmoya kiritishga shoshilmayapti
20:19 / 17.01.2025
2024 yilda YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritdi
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
10:20 / 14.06.2024