O‘zbekiston | 20:01 / 21.03.2024
12839
1 daqiqa o‘qiladi

«Aeroflot» samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Samolyot bortida rossiyalik fuqarolarning tobi qochib qolgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti 21 mart kuni «Bangkok – Yekaterinburg» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotganda Toshkentga favqulodda qo‘ndi. 

Qayd qilinishicha, samolyot bortida rossiyalik fuqaroning tobi qochgan. Ekipaj zudlik bilan eng yaqin aeroport joylashgan shahar - Toshkentga qo‘nishga qaror qilgan. Aeroportga tibbiy yordam mashinasi chaqirilgan. 

Samolyot qo‘ngach, 59 yoshli erkak shifoxonaga yotqizilgan. U yurak xurujiga uchragani ta’kidlanmoqda. 

Bir soat o‘tgach, ekipaj parvozni davom ettirishga qaror qilgan. Biroq, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida harakatlanayotgan paytda, yana bir rossiyalikning tobi qochib qolgan. Oqibatda, samolyot yana orqaga qaytgan va ayol shifokorlarga topshirilgan. 

Shundan so‘ng, samolyot Yekaterinburg shahriga uchib ketgan. 

Mavzuga oid