O‘zbekiston | 16:17 / 21.03.2024
3008
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 3 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishib oldi 

Ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ar-Riyod shahrida podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan uchrashdi.

Markazning O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. 

Xususan, O‘zbekiston aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o‘rnatish bo‘yicha qiymati 3 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid