Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etganlar soni qaysi hududlarda oshgani ma’lum bo‘ldi
2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida oshgan.
2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kamaygan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
O‘tgan yili respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs (2022 yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022 yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.
Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum etilgan.
Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish - 2 067 (2 145), pora berish - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 125 (117) hisoblanadi.
2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon - 971 (913), Sirdaryo - 472 (459), Surxondaryo - 332 (302) viloyatlarida oshgan.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024