Shohjahon Ergashev panamalik bokschini nokautga uchratdi
Shohjahon Ergashev Detroyt shahrida o‘tgan professional boks kechasida raqibini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev ringga ko‘tarildi.
Boks oqshomining ikkinchi asosiy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, super yengil vaznda IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschiga raqiblik qilgan ushbu sportchi o‘z vaqtida yengil vaznda bir qator yuqori natijalarga erishgan. 2012 yilgi London olimpiadasi ishtirokchisi sanaladi.
U Shohjahon Ergashevdan faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025