O‘zbekiston | 09:33 / 31.03.2024
6287
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda yil boshidan ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilmoqda
Tug‘ilishlar soni esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kam bo‘lgan.
Statistika agentligi O‘zbekistonda yanvar va fevral oylarida qayd etilgan tug‘ilishlar soni bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 137 456 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 634 taga kam.
O‘tgan 2023 yilda yanvar va fevral oylarida FHDYo organlari tomonidan O‘zbekistonda 141 090 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgandi.
2024 yil yanvar va fevral oyida qayd etilgan tirik tug‘ilishlarda o‘g‘il bolalar soni qiz bolalar sonidan sezilarli ko‘p bo‘lgan.
Jumladan:
- o‘g‘il bolalar – 71 287 nafar;
- qiz bolalar – 66 169 nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
15:24 / 10.09.2024
Rossiyada tug‘ilish darajasi 25 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi
10:21 / 11.08.2024
O‘zbekiston YaIM hajmi shakllanishida eng yuqori ulush qaysi hududga tegishli ekani ma’lum qilindi
09:32 / 27.07.2024