Toshkentda savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi
Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilyon tarzda jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar yongan.

Foto: Videodan kadr
Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani tumanida yong‘in yuz berdi.
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, «Yangiqo‘rg‘on» MFY Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilyon tarzida jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar yongan.
Toshkent shahar FVBga soat 22:55 da xabar kelib tushib, aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat 23:00 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da qurshab olingan va soat 23:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

09:52 / 05.04.2025