Iqtisodiyot | 20:46 / 12.04.2024
7235
2 daqiqa o‘qiladi

Oltinning narxi birinchi marta unsiya uchun 2400 dollardan oshdi

Tahlilchilar qimmatbaho metall narxining oshishini, jumladan, investorlarning geosiyosiy mojarolar kuchayib borayotganidan xavotirlari ortib borayotgani bilan bog‘lashmoqda. 

Foto Bloomberg via Getty Images

Oltin narxi 2400 dollarga yetdi va tarixiy rekordini yangiladi. Chikago tovar birjasi (CME) ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 17:11 holatiga ko‘ra, qimmatbaho metall bir unsiya uchun 2425,7 dollardan sotilgan. 

ActivTrades katta tahlilchisi Rikardo Evangelista so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank xaridlari va xavfsiz aktivlarga talab ortishi fonida narxlarning yanada oshishi ehtimoli bor. Ekspertning fikricha, bunga investorlar orasida geosiyosiy mojarolar kuchayib borayotganidan xavotirning ortishi sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, bozorga Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi ta’sir qilgan. 

Oltin narxi oshishi Moskva birjasida oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalari narxi oshishishga olib kelgan. «Buryatzoloto» aksiyalari eng yuqori cho‘qqisida 19 foizga o‘sib, 2240 rublni tashkil qilgan. «Seligdar» qimmatli qog‘ozlari narxi maksimal 5 foizga ko‘tarilib, 84,3 rublni tashkil etgan. «Polyus»ning kotirovkalari 4,9 foizga oshib, maksimal 14 600 rublni tashkil etgan.

Mavzuga oid