Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrida bugun, 13 aprel kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» xabariga ko‘ra, bu iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida qilinadi.
Quyidagi hududlarda elektr ta’minoti o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: «Bektemir» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tuman: «O‘rikzor» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yunusobod tumani: «Tiklanish», «Katta Hasanboy», «Hasanboy», «Sharq haqiqati» va «Islomobod» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025