O‘zbekiston | 07:25 / 20.04.2024
1768
2 daqiqa o‘qiladi

Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi X.A. IIOga murojaat etib, bank kartasidan 3 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 37 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, M.A. "Telegram" messenjeri orqali X.A. bilan tanishgan va unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini, shuningdek, pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan bank karta rekvizitlarini qo‘lga kiritib, pullarini o‘zlashtirib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid